BU YERLARGA YANA QAYTIB KELAMAN » MurodBek.net - Самые Новые Узбекские Песни

0

BU YERLARGA YANA QAYTIB KELAMAN

  • Опубликовал: Murod(abadiy)
  • Дата: 08/06/2018, 18:44
  • Просмотров: 9

Bu yerlarga yana qaytib kelaman,

Bunday olamlarni hech ko‘rmagandim,

Sog‘inchli salomim aytib kelaman,

Bunday odamlarni hech ko‘rmagandim.

 

Otamning yuzini eslatish uchun,

Onamning so‘zini eslatish uchun,

Ustozlar izini eslatish uchun,

Bu yerlarga yana qaytib kelaman.

 

Shirin xotiralar qo‘llarin ushlab,

Quvonchga cho‘milib bahorday yashnab,

Shaharda eng zarur ishlarim tashlab,

Bu yerlarga yana qaytib kelaman.

 

Unutib, shon shuhrat mag‘rurligimni,

Unutib, siz uchun mashhurligimni,

Hammadan eng oddiy odam bo‘laman,

Bu yerlarga yana qaytib kelaman.

 

Kim sizchalik qadrim sezadi ayting,

Kim meni sizchalik sevadi ayting,

Do‘stlarim agarda yo‘lingiz tushsa,

Bizlar tomonga ham bir kirib o‘ting.

 

Biringiz otamsiz, biringiz bolam,

Ko‘rmadim dunyoda sizdan zo‘r olam,

Minglab quyoshqalblar, mehmondo‘st odam,

Bu yerlarga yana qaytib kelaman.

 

Ahad Qayum yozar ming bir ma’noda,

Yashar ijod degan ertakbinoda,

Kitobga aylanib, yoki kinoga,

Bu yerlarga yana qaytib kelaman.


DO'STLARINGA TAVSIYA ET!!!

Коммент

    Всего комментариев: 0
    avatar
    Наверх © 2018 | by Coder Murod (Abadiya) |