ONAMGA O'XSHA QIZIM » MurodBek.net - Самые Новые Узбекские Песни

0

ONAMGA O'XSHA QIZIM

  • Опубликовал: Murod(abadiy)
  • Дата: 08/06/2018, 18:45
  • Просмотров: 11

Dilxonamda bir oydin, 

Olamga o‘xsha qizim. 

Onamdek tushun qalbim, 

Onamga o‘xsha, qizim!

 

Qalbim farishtasisan, 

Oru nomusim yuzim. 

Onam yashasin xursand, 

Onamga o‘xsha, qizim!

 

Asra millat nomusin, 

Shudir otalyk darsim. 

So‘zim qalbingda tursin, 

Onamga o‘xsha, qizim!

 

Eslatib turgin menga, 

Onamning yorug‘ yuzin. 

Nur soch yarim ko‘nglimga, 

Onamga o‘xsha, qizim!

 

Har bosgan qadamingda, 

Ko‘ray onamning izin. 

Gard yuqgirma qalbingga, 

Onamga o‘xsha, qizim!

 

Onamdek ayol izlab,

Qizim dunyoni kezdim. 

Ovunay senga qarab, 

Onamga o‘xsha, qizim!

 

Bu g‘amvatan yurakda,

Dard devori buzilsin. 

Menga baxting keraqda, 

Onamga o‘xsha, qizim!

 

Jon qizim, so‘zim eshit, 

Mehribonim, yolg‘izim. 

Onamning etagin tut, 

Onamga o‘xsha, qizim!

 

Zarliboslar ichidan,

Qadr talashma qizim.

Izlama baxt ko‘chadan,

Onamga o‘xsha, qizim!

 

Onajonim izidan,

Yurarlar opam, singlim.

Kami yo‘qdir hayotdan,

Onamga o‘xsha, qizim!

 

Nasihatimni olgin,

Oqlab halol non tuzim.

Onam izidan yurgin,

Onamga o‘xsha, qizim!

 

Dilxonamda bir oydin, 

Olamga o‘xsha qizim.

Onamdek tushun qalbim, 

Onamga o‘xsha, qizim!


DO'STLARINGA TAVSIYA ET!!!

Коммент

    Всего комментариев: 0
    avatar
    Наверх © 2018 | by Coder Murod (Abadiya) |